O‘quv markazlari uchun imtihon platformasi

Javob varaqlarini qo‘lda emas, Tekshir.si bilan tekshiring.

QR titul tayyorlaysiz, skanlarni yuklaysiz — tizim testni OMR, yozma javoblarni esa SI (sun’iy intellekt) yordamida tekshiradi va natijani Excel hamda PDF hisobotda beradi.

  • Karta talab qilinmaydi
  • Xato varaq uchun kredit olinmaydi
  • Telefon va kompyuterdan
Imtihon: Matematika · 9-guruh Namuna

Milliy sertifikatOMR + SI

DTM90 savol · 189 ball

CEFR / MultilevelL · R · W · S

CustomTest generatori

MUAMMO

Imtihon bir kunda o‘tadi.
Tekshirish esa kunlab davom etadi.

Qo‘lda tekshirilganda

  • Vaqt ketadi. 300 ta varaq — taxminan 15 soatlik ish (bir varaqqa ~3 daqiqa).
  • Xato kiradi. Charchagan ko‘z belgini o‘tkazib yuboradi, ball qo‘lda noto‘g‘ri qo‘shiladi.
  • Tartib yo‘qoladi. Ro‘yxat bir faylda, javoblar qog‘ozda, natija boshqa Excel’da.

Tekshir.si bilan

  • Server tekshiradi. Skanlarni yuklaysiz, tekshirish navbatda ishlaydi, tayyor bo‘lganda Telegram’ga xabar keladi.
  • Shubhali joyni o‘qituvchi ko‘radi. O‘qilmagan varaq yoki noaniq yozma javob alohida ro‘yxatga tushadi.
  • Hammasi bir joyda. O‘quvchi ID’si titul QR kodidan natijagacha bog‘langan.

JARAYON

To‘rt qadam: imtihondan hisobotgacha.

Har bir qadam keyingisiga tayyor ma’lumot beradi. Ro‘yxatni qayta tuzish yoki natijani qo‘lda yig‘ish kerak emas.

  1. 01

    Imtihonni yarating

    Formatni tanlang va o‘quvchilarni guruhdan, katalogdan yoki Excel’dan qo‘shing. Javob kalitini kiriting.

  2. 02

    Materiallarni tayyorlang

    Har bir o‘quvchiga QR kodli titul chiqariladi. DTM va Custom uchun test kitobchalari ham yaratiladi.

  3. 03

    Varaqlarni tekshiring

    Rasm, PDF yoki ZIP yuklang. Testni OMR, yozma javoblarni SI o‘qiydi; shubhalisini o‘qituvchi bir bosishda tasdiqlaydi.

  4. 04

    Natijani tahlil qiling

    Ball, daraja va savollar kesimidagi tahlilni ko‘ring. Excel va PDF hisobotni yuklab oling.

FORMATLAR

Markazingizdagi imtihonlar uchun.

Har bir formatda nima ishlashi va nima hali ulanmagani ochiq yozilgan.

MILLIY SERTIFIKAT

Test qismi — OMR, yozma qism — SI

Matematika, Fizika, Tarix, Geografiya, Biologiya, Kimyo va Ona tili. Yozma javobni SI o‘qiydi va siz kiritgan kalit bilan solishtiradi: 0,5 va 1/2 bir xil hisoblanadi. SI ishonchsiz bo‘lgan javobni o‘qituvchi rasmini ko‘rib tasdiqlaydi.

  • QR titul
  • OMR tekshirish
  • SI yozma javoblar
  • Rasch T-ball
  • Excel / PDF

Ona tili esse qismi va sertifikat formulasi hali ulanmagan: test va qisqa javoblar tekshiriladi.

DTM

Individual kitobcha va 189 ballik natija

Uch majburiy va ikki asosiy fan uchun DOCX savollar bankidan 90 savolli individual variantlar, har biriga Book ID va kalit. Javob varaqasi A–D OMR orqali o‘qiladi.

  • 5 ta DOCX bank
  • Book ID
  • 90 savol · A–D
  • 189 ball
  • Excel / PDF

CEFR / MULTILEVEL

Listening va Reading avtomatik, Writing va Speaking — o‘qituvchidan

Tanlov savollari varaqdan, katakka yozilgan so‘zlar SI yordamida o‘qiladi. Writing va Speaking ballarini o‘qituvchi kiritadi: umumiy ball (L+R+W+S)/4, ular kiritilmasa (L+R)/2. CEFR darajasi va PDF hisobot avtomatik.

  • QR titul
  • Listening / Reading
  • Writing / Speaking
  • CEFR darajasi

CUSTOM

O‘zingiz belgilaydigan test materiallari

1–200 savol, 2–6 javob varianti va A4, A5 yoki Letter qog‘ozi uchun Excel bankdan individual kitobcha, javob varaqasi va kalitlar yaratiladi.

  • 1–200 savol
  • 2–6 variant
  • A4 · A5 · Letter
  • Test paketi

Custom javob varaqasini avtomatik tekshirish hozircha ulanmagan.

IMKONIYATLAR

Markaz ishlashi uchun kerak bo‘lgan hamma narsa.

O‘quvchilar va guruhlar

Minglab o‘quvchini guruhlar bilan bitta katalogda saqlang. Imtihonga barcha, bitta guruh yoki tanlangan o‘quvchilarni qo‘shing; Excel’dan ommaviy import.

QR titul

Har bir titulda o‘quvchi va imtihon kodi bor — varaq o‘quvchiga avtomatik bog‘lanadi.

OMR tekshirish

Skaner, telefon rasmi, PDF yoki ZIP. Bo‘yalgan doirachalar serverda o‘qiladi.

SI yozma javoblar

Qisqa yozma javoblarni SI o‘qiydi, to‘g‘riligini kalit asosida tizim hal qiladi.

Review

O‘qilmagan varaq, takroriy ID yoki noaniq javob — o‘qituvchi rasmini ko‘rib bir bosishda hal qiladi.

Excel va PDF hisobot

Ball, daraja va savollar kesimidagi tahlil. Natijani qidiring, tartiblang, yuklab oling.

Kredit modeli

1 kredit = 1 ta muvaffaqiyatli tekshirilgan varaq. Xato varaq bepul, ortiqcha band qilingan kredit qaytadi.

Ma’lumotlar alohida

Har bir hisob faqat o‘z o‘quvchilari, imtihonlari va natijalarini ko‘radi.

Istalgan qurilmadan

Telefon, planshet yoki kompyuterdan ishlaydi. Varaqlarni telefon kamerasi, skaner, PDF yoki ZIP orqali yuklang; tekshirish tugaganda Telegram’ga xabar keladi.

NARXLAR

Varaq uchun to‘laysiz.
Faqat natija uchun.

1 kredit — 1 ta muvaffaqiyatli tekshirilgan o‘quvchi varag‘i. O‘qilmagan yoki xato varaq uchun kredit yechilmaydi. Obuna yo‘q, kreditlarning amal qilish muddati yo‘q.

Ro‘yxatdan o‘ting — 100 ta varaq bepul.Karta talab qilinmaydi. Birinchi imtihoningizni bepul tekshiring.

Bepul boshlash

Mini

Bitta guruh yoki sinov imtihoni

29 000 so‘m

100 ta varaq · 290 so‘m/varaq

  • Test + yozma javoblar
  • Excel va PDF hisobot
Tanlash

Markaz

200–500 o‘quvchili markaz

199 000 so‘m

1 000 + 200 sovg‘a = 1 200 ta varaq · 166 so‘m/varaq

  • Mini’dan 43% arzon har varaq
  • ≈ 60 soat tejaladi
Tanlash

Tarmoq

Bir nechta filial yoki 1 000+ o‘quvchi

549 000 so‘m

3 000 + 500 sovg‘a = 3 500 ta varaq · 157 so‘m/varaq

  • Mini’dan 46% arzon har varaq
  • ≈ 175 soat tejaladi
Tanlash

Tejaladigan vaqt — bitta varaqni qo‘lda ~3 daqiqada tekshirish asosidagi taxmin. To‘lov hozircha menejer orqali qilinadi; Click va Paynet orqali onlayn to‘lov tayyorlanmoqda.

SAVOLLAR

Ko‘p so‘raladigan savollar.

Javob topilmasa, ro‘yxatdan o‘ting va 100 ta bepul varaqda o‘zingiz sinab ko‘ring.

Tekshir.si kimlar uchun?

Yuzlab yoki minglab o‘quvchisi bor o‘quv markazlari, ularning administratorlari va imtihon o‘tkazadigan o‘qituvchilar uchun. Kichik markaz ham bitta guruhdan boshlashi mumkin.

Qaysi imtihon formatlari ishlaydi?

Milliy sertifikat fanlari (test qismi OMR, qisqa yozma javoblar SI orqali), DTM (90 savol, 189 ball), CEFR/Multilevel (Listening va Reading avtomatik, Writing va Speaking ballarini o‘qituvchi kiritadi) va Custom test generatori. Custom javob varaqasini avtomatik tekshirish va Ona tili esse qismi hozircha ulanmagan.

Kredit qachon olinadi?

Tekshirish boshlanganda kerakli kredit vaqtincha band qilinadi. Yakuniy Excel va PDF hisobot tayyor bo‘lgach faqat muvaffaqiyatli tekshirilgan varaqlar uchun yechiladi, qolgani avtomatik qaytadi. Bitta o‘quvchi bitta imtihonda ikki marta hisoblanmaydi.

Xatoli varaq uchun kredit olinadimi?

Yo‘q. O‘qilmagan, xato yoki yakuniy natijasi yaratilmagan varaq uchun kredit yechilmaydi. Bekor qilingan tekshirishning band qilingan kreditlari ham qaytariladi.

Telefon orqali ishlaydimi?

Ha. Sayt telefon, planshet va kompyuterda ishlaydi. Varaqlarni telefon kamerasi bilan suratga olib yuklash mumkin — aniq natija uchun varaqni tekis va yorug‘ joyda, to‘liq kadrga tushiring. Skaner yoki PDF ham qabul qilinadi.

Telegram orqali kirish qanday ishlaydi?

Ro‘yxatdan o‘tishda telefon raqamingiz Telegram bot orqali tasdiqlanadi — SMS yuborilmaydi. Keyin login va parol bilan yoki ulangan Telegram hisobingiz orqali kirasiz. Tekshirish tugaganda natija haqida xabar ham Telegram’ga keladi.

Yozma javoblarni SI qanchalik to‘g‘ri tekshiradi?

SI faqat o‘quvchi yozganini o‘qiydi, to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini esa tizim siz kiritgan kalit asosida hal qiladi. SI ikkilangan har bir javob o‘qituvchiga rasm bilan ko‘rsatiladi va o‘qituvchi qarori ustun turadi.

KEYINGI IMTIHON

Keyingi imtihon natijasini qo‘lda emas, Tekshir.si’da oling.

  1. 1Ro‘yxatdan o‘ting
  2. 2Imtihon va titul yarating
  3. 3100 ta varaqni bepul tekshiring